29.11.2025 yildagi VII-17-109-13-182-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BERUNIY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq Beruniy tumani hokimining 2025-yil 16-oktabrdagi 2437-sonli taklifini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-,24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Beruniy tumani Shobboz mahalla fuqarolar yigʻinining 2025-yil 4-iyul kungi 1-son, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinining 2025-yil 12-iyul kungi 15-son, Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinining 2025-yil 18-iyuldagi 18-son iltimosnomalari, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 30-sentabrdagi 05-19-16891-son yigʻilish bayoni hamda xulosasini eʼtiborga olib, tuman hokimining taklifi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Beruniy tumanidagi quyidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” mahalla fuqarolar yigʻini — “Serquyosh” mahalla fuqarolar yigʻini deb;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini — “Ziyokor” mahalla fuqarolar yigʻini deb;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shobboz” mahalla fuqarolar yigʻini — “Yangi Oʻzbekiston” mahalla fuqarolar yigʻini deb oʻzgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror nusxasi va mahalla fuqarolar yigʻinlari nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror tuman “Xalq minbari” gazetasida nashr qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarоr qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XIDIROV IKRAM TOREBAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-109-13-182-K/25-son