XALQ DEPUTATLARI TAXIATOSH TUMANI KENGASHINING
Qarori
Taxiatosh tumanida 2025-2026-yillarda shoʻr yuvish davri uchun suv istemolchilari kesimida ekin turlariga qarab suv limitini ajratish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Taxiatosh tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining taklifini tinglab muhokama qilib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 17-sentabr kungi 185-sonli buyrugʻi maʼlumot va ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Taxiatosh tumanida 2025-2026-yillarda shoʻr yuvish davri uchun suv istemolchilari kesimida ekin turlariga qarab suv limitini ajratish toʻgʻrisida Taxiatosh tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Taxiatosh tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-2026-yillar shoʻr yuvish davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiyqiy olinadigan suv limiti 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalariga:
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
suv istemolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushintirish ishlarini olib borsin;
5. Tuman hokimining oʻrinbosari M. Xudaybergenov hamda tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
6. Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari M. Xudaybergenov va tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi zimmalariga yuklansin.
8. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
Sessiya raisi MADAMINOV ALISHER ABDULLAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxiatosh tumani,
2025-yil 28-noyabr,
VII-15-106-13-215-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.