XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Geografik obʼyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obʻyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan 2025-yil 9-oktabrdagi 05-19-17621-sonli bayoniga muvofiq, tumandagi 26 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 59 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflardan 59 ta geografik obyektga taklif etilgan nom Oʻzbekiston Respublaikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilib, belgilangan ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan.
Jondor tumanida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi R. Raximovaning axborotini atroflicha muhokama qilib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geofrafik obʼyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 9-oktabrdagi 05-19-17621-sonli Ekspertiza xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi R. Raximovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jondor tumani geografik obʼyektlariga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (A. Nosirov) tuman mahallalaridagi nomlangan va qayta nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʼl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi Jondor tumani filiali boshligʻi (J. Kuchkarov), tuman stasistika boʻlimi boshligʻi (K. Ismoilov)larga:
tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obʼyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman stastistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (S. Shomurodov), “Jondor ovozi” gazetasi tahririyati (I. Haydarov)lar tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi R. Raximova bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (L. Behbudova) hamda tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (R. Raximova)lar zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XUDOYEV JAMSHID RAJABOVICH
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2025-yil 29-noyabr,
VII-17-102-2-35-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.