XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Samarqand shahridagi koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6- va 10-moddalariga muvofiq Ishchi organning taklifi, Samarqand shahar hokimligining geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha komissiyasining shahardagi nomsiz koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida 2025-yil 17-martdagi 01-33/25-sonli yigʻilish bayoni va Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 24-martdagi 13-13/1782-sonli yigʻilish bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektiarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqidagi 2025-yil 23-apreldagi 05-19-6350-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Alkarovning “Samarqand shahardagi koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida”gi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Samarqand shahridagi koʻchalarning nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Samarqand shahar mahallalar uyushmasi raisi (J.Qodirov), shahar statistika boʻlimi (J.Samiydinov), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filiali (X.Abjalov), mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan koʻchalarning nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishi taʼminlasin.
4. Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (A.Sulaymonov), shahar mahallalar uyushmasi raisi(J.Qodirov) nom berilgan koʻchalarga tegishli belgilarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshir vazifasi topshirilsin.
5. Shahar mahallalar uyushmasi raisi (J.Qodirov), shahar Obodonlshtirish boshqarmasi (Y.Bobonazarov) bilan birgalikda nom berilgan koʻchalarga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha (koʻcha nomi yozilgan tablichka) va koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish taʼminlasin.
6. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari (A.Pulatov). “Samarqand”gazetasi bosh muharriri (O.Sonniboyev)lar ommaviy axborot vositalarida hamda gazetalarda hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga rasman eʼlon qilish vazifasi yuklatilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” raisi (S.Xamrayev) va shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (N.Alkarov) zimmasiga yuklansin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi UMAROV FAZLIDDIN KARIMOVICH
Samarqand viloyati, Samarqand sh.,
2025-yil 7-iyul,
VII-16-83-7-107-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.