05.01.2026 yildagi VII-26-2-12-174-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI HAZORASP TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining 2025-yil 5-maydagi VII-13-67-12-174-K/25-sonli qarorining ilovalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5 sonli qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda, oʻtgan sugʻorish davri uchun suv olishning uzil-kesil limitlarini qayta koʻrib chiqish koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, joriy yilning vegetatsiya (sugʻorish) davriga ajratilgan suv olish limitlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan koʻrib chiqildi va vazirlikninng 2025-yil 30-oktyabrdagi 187-sonli buyrugʻi bilan sugʻorish davriga ajratilgan limitlar qayta taqsimlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd qilinganlarni inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining 2025-yil 5-maydagi VII-13-67-12-174-K/25-sonli qarorining ilovalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Hazorasp tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasi direktori S. Matqurbonovning 2025-yil 12-noyabrdagi 619-sonli yozishmasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining 2025-yil 5-maydagi VII-13-67-12-174-K/25-sonli qarorining ilovalari quyidagi ilovalarga yaʼni Hazorasp tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumida baliqchilik va kommunal xoʻjaliklariga ajratilgan suv olish limitlari 1-ilovaga muvofiq, Hazorasp tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumida suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjalik ekinlarini sugorishga ajratilgan suv olish limitlari 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirilsin va tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosi nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, agrar, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Sh. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ABDULLAYEV MAKSUDBEK XOJIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Xazorasp tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-26-2-12-174-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.