22.12.2025 yildagi VII-20-124-12-172-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshkoʻpir tumanidagi geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasida ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qaroriga, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 12-noyabrdagi 1-2843-sonli xatiga hamda Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarga nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha ekspert komissiyasining 2025-yil 15-dekabrdagi 2-2-738-sonli ekspertiza xulosasiga asosan xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 15-dekabrdagi 2-2-738-sonli ekspertiza xulosasi va tuman hokimligining geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshkoʻpir tumanidagi 543 ta nomsiz koʻchalarning yangi nomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshkoʻpir tumani hokimi oʻrinbosari, geografik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari (X.Ibragimov), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N.Yuldoshev), kadastrlar palatasi Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi (D.Polvanov)larga bir hafta muddatda Qoʻshkoʻpir tumani hududidagi nomlari oʻzgargan koʻchalarning nomlarini lotin yozuvida peshlavhalarga yozib hamda raqamlab, ularni belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi axborot xizmati rahbari (M.Matyakubov), “Hayot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri (M.Tillayeva)larga ushbu qarorni hokimlik veb-sayti va gazeta sahifasida chop etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi R.Ismoilova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXMEDOV SHUXRAT KURVONDURDIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-124-12-172-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.