06.01.2026 yildagi VII-17-2-8-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429-moddalariga asosan Surxondaryo viloyatida 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va viloyatda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat Soliq boshqarmasining 2025-yil 5-dekabrdagi 27-105276-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Sh. Rajabov, viloyat Soliq boshqarmasi (E. Narmanov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdorda belgilangan minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdori viloyat markazlarida 2 350 000 (ikki million uch yuz elik ming) soʻm va boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 1 390 000 (bir million uch yuz toʼqson ming) soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali keng ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal qiymat boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qishloq joylarida keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida, xalq deputatlari viloyat Kengashi belgilagan minimal qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatga nisbatan koeffitsiyenti 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Sh. Rajabov, viloyat Soliq boshqarmasi (E. Narmanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar 1 gektarga 37,7 mln. soʻm va jismoniy shaxslar 1 kv. m ga 353,0 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1,30-1,53 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1,2 — 1,5 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 (oʻn) kun muddatda 2025-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan viloyatdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga takliflarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini 5 (besh) kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin. har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat teleradiokompaniyasi (B. Mingboyev), “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari tahririyati (S. Norqobilov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning viloyat, shahar va tumanlar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 24-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” VII-4-10-8-0-K/25-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaror loyihasi regulation.gov.uzga muhokamaga qoʻyilganda berilgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqib oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-2-8-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.