XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Jondor tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining 2026-yil 30-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan Jondor tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Кengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-113-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan Jondor tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun miqdori 36 040 000 soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasining miqdori 324 soʻm belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (B.Toirov) hamda tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (L.Isayev)larning mahalla fuqarolar yigʻinlarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda kelgusi yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash yuzasidan takliflari inobatga olinsin.
3. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini aniqlash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlarning 1 gektariga yuridik shaxslar boʻyicha 2026-yilda Jondor tumani uchun belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 1-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) 2026-yilda Jondor tumani uchun 1 kv.m. yerga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari mahallalar kesimida 2-ilovaga;
2026-yil Jondor tumani uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga;
2026-yil Jondor tumani uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-020-2-35-K/24-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Jondor tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni ommaviy axborot vositalarida va tuman hokimligining rasmiy vebsaytida eʼlon qilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (Q. Safarov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U. Fayzulloyev)lar zimmalariga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi J. XUDOYEV
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-120-2-35-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.