10.12.2025 yildagi VII-15-149-12-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmonining 1-ilovasining 4-bosqichida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligining 2025-yil 20-noyabrdagi 03-09/11999-sonli xati hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 13-noyabrdagi Xorazm viloyati “Toza hudud” DM Urganch filiali tomonidan jismoniy shaxslarning qattiq va maishiy chiqindilarini tashib ketish xizmatlari narx (tarif)i (QQS bilan) 7 600 soʻm (bir kishi boshiga bir oyda) hamda yuridik shaxslarning qattiq va maishiy chiqindilarini tashib ketish xizmatlari narx (tarif)i 1 m3 uchun (QQS bilan) 92 730 soʻm miqdoridan oshmagan holda belgilash yuzasidan 02-17-33-39/8-sonli xulosasiga asoslanib, Urganch shahar hududidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, shaharning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Urganch shahrida maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimligining 2025-yil 20-noyabrdagi 03-09/11999-sonli xati hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 13-noyabrdagi 02-17-33-39/8-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urganch shahrida maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda smyot maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimining oʻrinbosari S. Bekchanov belgilangan tartibda Urganch shahrida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari (narxlari) miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida viloyat hokimining qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish viloyat boshqarmasi (B. Sabirov), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (K. Tangriberdiyev), viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi (M. Samandarov) Urganch shahar hokimligi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror “Xorazm haqiqati” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi K.Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. RADJABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-149-12-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.