XALQ DEPUTATLARI MIRISHKOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF 5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan, tumandagi 1028 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflardan 1028 ta geografik obyektga taklif etilgan nom Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilib, belgilangan ekspertiza xulosasi tasdiqlangan. Tumanda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Namozovaning xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 23-sentabrdagi 05-19-16242-sonli Ekspertiza xulosasi hamda tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi M. Namozovaning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash takliflari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari U. Choʻliyev, tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (M. Namozova) mazkur geografik obyektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi tumani filiali (J. Otamurodov), tuman statistika boʻlimi (Gʻ. Rajabov) tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman statistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (A. Yazdurdiyev) Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida olib borilayotgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Choʻliyevga hamda xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi T. Roʻziyeva zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi F. GʻULOMOV
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
2025-yil 5-dekabr,
VII-11-141-4-63-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.