Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-147-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-147-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-noyabr,
1458-V-son