18.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3730
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3730]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29/2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 4-dekabrdagi 29/2-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agent — bank sindikati ishtirokchilari va qarz oluvchi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, hujjatlarni boshqarish, toʻlovlarni taqsimlash va bank sindikati kelishuviga asosan boshqa vazifalarni bajaruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sindikati — qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish maqsadida ikki yoki undan ortiq bank sindikati ishtirokchilari tomonidan, agent ishtirokida yoki agentsiz, yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etilgan vaqtinchalik birlashma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sindikati ishtirokchisi — bank sindikatida ishtirok etuvchi bank, xorijiy bank, xalqaro moliya tashkiloti yoki roʻyxatdan oʻtkazgan davlat qonunchiligiga muvofiq kredit ajratishga haqli boʻlgan chet el yuridik shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — yetakchi ishtirokchiga sindikatlashgan kredit olish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sindikatlashgan kredit — qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun bank sindikati ishtirokchilari tomonidan ajratiladigan kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi ishtirokchi — sindikatlashgan kredit ajratish tashabbusi bilan chiqqan bank sindikati ishtirokchisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bank sindikatini tashkil etish va sindikatlashgan kredit ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarz oluvchi bankka sindikatlashgan kredit olish haqida ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga qarz oluvchi va bank tomonidan kelishilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilgandan soʻng sindikatlashgan kredit ajratish mumkinligi va bank sindikatini shakllantirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, u qarz oluvchi bilan sindikatlashgan kreditning dastlabki shartlarini hamda bank siri, tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibini kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yetakchi ishtirokchi bank sindikatida ishtirok etishi mumkin boʻlgan potensial ishtirokchilarga qarz oluvchi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bank sindikatida ishtirok etish va sindikatlashgan kredit ajratish boʻyicha taklifni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bank sindikatida ishtirok etish va sindikatlashgan kredit ajratish boʻyicha taklif olgan potensial ishtirokchilar qarz oluvchi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir potensial ishtirokchi qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatini va moliyalash obyektini oʻrganish boʻyicha yetakchi ishtirokchidan, yetakchi ishtirokchi esa qarz oluvchidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Potensial ishtirokchi qarz oluvchiga doir hujjatlarni mustaqil baholash asosida bank sindikatida ishtirok etish va sindikatlashgan kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, bu haqda yetakchi ishtirokchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yetakchi ishtirokchi potensial ishtirokchilarning javoblari asosida bank sindikati ishtirokchilarining sindikatlashgan kreditdagi ulushini aniqlashi va potensial ishtirokchilar bilan kelishishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank sindikati sindikat ishtirokchilari oʻrtasidagi yozma kelishuv asosida tuziladi va mazkur kelishuvda sindikat ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi. Ushbu kelishuv tuzilmagan taqdirda, bu shartlar sindikatlashgan kredit shartnomasiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank sindikati kelishuvida kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sindikati ishtirokchilari tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi yoki muayyan huquqlardan voz kechilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sindikati ishtirokchisi sindikatlashgan kredit ajratish boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq yoki qisman bajarmasligi oqibatida bank sindikatining boshqa ishtirokchilari oldidagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sindikati ishtirokchisining qarz oluvchiga nisbatan talab qilish huquqlaridan sindikatning boshqa ishtirokchisi yoki bank sindikati ishtirokchisi boʻlishga haqli boʻlgan boshqa shaxs foydasiga voz kechish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sindikatlashgan kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik xavfi yuzaga kelgan taqdirda, sindikat ishtirokchilarini xabardor qilish tartibi va xabardor qilishga masʼul boʻlgan sindikat ishtirokchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sindikatlashgan kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditni yoki uning bir qismini foiz va boshqa toʻlovlar bilan birga qarz oluvchidan muddatidan oldin qaytarishni talab qilish haqida qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni taʼminotga qaratish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sindikatlashgan kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorlikni sudga murojaat qilmasdan undirish yoki qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo kiritish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllash yoxud qonun hujjatlariga muvofiq qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sindikat ishtirokchilari oʻrtasida maʼlumot almashinuvi tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank sindikati ishtirokchilari oʻrtasida bank sindikati kelishuviga erishilganda, bank sindikati ishtirokchilari va qarz oluvchi oʻrtasida sindikatlashgan kredit shartnomasi (bundan buyon matnda kredit shartnomasi deb yuritiladi) imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit shartnomasida bank sindikati ishtirokchilarining funksiyalari, sindikatlashgan kreditdagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumot, sindikatlashgan kredit shartlari, shu jumladan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyiha tavsifi, qarz oluvchini moliyalashtirish tartibi, taʼminot turi, kredit miqdori, muddati va uni qaytarish usuli, toʻlov grafigi, foiz stavkasi, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish shartlari va majburiyatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit shartnomasida qarz oluvchi va (yoki) kafil tomonidan davriy moliyaviy hisobotlarning agentga taqdim etib borilishi shartlari, muddatlari, shuningdek, hisobotlar taqdim etilmaganligi uchun koʻriladigan choralar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank sindikatining ishtirokchilari, shu jumladan yetakchi ishtirokchi va agent sindikatlashgan kreditni tashkil etish, kredit tavakkalchiliklarini baholash, garovni boshqarish, kredit hujjatlarini yuritish va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatganliklari uchun qarz oluvchidan qoʻshimcha haq olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qoʻshimcha haq faqatgina qarzdorga tegishli xizmat turini koʻrsatgan bank sindikati ishtirokchisi tomonidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchi tomonidan sindikatlashgan kredit boʻyicha majburiyatlar muddatidan oldin bajarilganligi uchun sindikat ishtirokchilari foydasiga tegishli haq (kompensatsiya) toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank sindikatining ishtirokchilari kredit summasini shartnomada belgilangan tartibda va muddatda yetakchi ishtirokchiga, agentga, qarz oluvchiga yoki qarz oluvchi koʻrsatgan boshqa shaxsga oʻtkazish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sindikatlashgan kreditni qaytarish va monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sindikatlashgan kredit kredit shartnomasida belgilangan tartib va muddatlarda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank sindikati toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan sindikat ishtirokchisi (ishtirokchilari) tomonidan sindikatlashgan kreditning butun muddati davomida qarz oluvchining moliyaviy holati, kreditdan maqsadli foydalanilganligi, garov holati va (yoki) kafilning (kafolat beruvchining) moliyaviy holati ustidan monitoring amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar monitoringni amalga oshiruvchi sindikat ishtirokchisi (ishtirokchilari) sindikatlashgan kredit boʻyicha muammoli qarzdorlik yuzaga kelganligi yoki yuzaga kelish ehtimolligi mavjudligini aniqlasa, bu haqda bank sindikatining qolgan ishtirokchilarini besh ish kunidan kechiktirmay хаbаrdоr qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar bank sindikatining ishtirokchisi bank sindikati manfaatlariga zarar yetkazuvchi muammoni aniqlasa, bu haqda darhol yetakchi ishtirokchini, yetakchi ishtirokchi esa bank sindikatining boshqa ishtirokchilarini besh ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 4-dekabrdagi 29/2-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 16-iyuldagi 15/4-son “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1509, 2005-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 265-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/3-son “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1509-1, 2010-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 399-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/4-son “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1509-2, 2016-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 49-son, 564-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025 y., 10/25/3730/1189-son)