10.12.2025 yildagi VII-17-126-11-155-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Dangʻara tumani “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini nomini “Qirqlar” nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyaning 2024-yil 31-iyuldagi 06-7/2624-sonli murojaatnomasi hamda unda koʻrsatilgan Dangʻara tumani komissiyalarining 1 ta geografik obyekt — “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini nomini oʻzgartirish boʻyicha taklifi ekspert komissiyasi tomonidan har tomonlama oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish jarayonida mahalla nomining tarixiy, madaniy va maʼnaviy jihatdan hudud aholisi hayoti hamda qadriyatlariga mosligi, shuningdek, “Qirqlar” nomining mazkur hudud tarixi va qadimiy nomlar tizimida alohida oʻrin tutishi inobatga olindi. Tegishli qonun hujjatlari talablari asosida oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, ekspert komissiyasi mahalla nomini “Shodlik”dan “Qirqlar”ga oʻzgartirish maqsadga muvofiq degan xulosa chiqargan. Shundan kelib chiqib, xalq deputatlari Dangʻara tuman Kengashi qarorqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha ekspert komissiyasining 2024-yil 19-avgustdagi 05-19-01-3312-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert komissiyasi xulosasiga muvofiq, Dangʻara tumani “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini nomi qonun hujjatlariga asosan “Qirqlar” nomi bilan qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning tasdiqlanishi xalq deputatlari Dangʻara tuman Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari, mahalliy Kengash masʼullari hamda tegishli tashkilot rahbarlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi TOJIXAKIMOV SHUXRATJON NURMUXAMMADOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-126-11-155-K/25-son