XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Sariosiyo tumanida 2025-2026-yil nosugʻorish davri uchun ajratilgan suv limitini koʻrib chiqish va tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Sariosiyo tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari Turdiyev Ravshan Yuldoshovichning hisobotini Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasida eshitilganligini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Sariosiyo tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari Turdiyev Ravshan Yuldoshovichning 2025-yil 8-oktabrdagi 251-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin va tumandagi suv isteʼmolchilariga 2025-2026-yil nosugʻorish davri uchun ajratilgan suv limiti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosari (N. Karimov), Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (N. Karimov), tuman Suv yetkazib berish xizmati DM rahbari (R. Turdiyev)larga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman hokimligi Axborot xizmati (J. Ergashov) va “Sariosiyo” gazetasi (A. Azizov)larga amalga oshirilayotgan ishlarni ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishi tavsiya etilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Axmedov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi RAJABOV MUXAMMAD RUZIBADALOVICH
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani,
2025-yil 3-dekabr,
VII-12-112-8-116-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.