XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sherobod tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida”gi 295-son qarori, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 05-19-13747-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 05-19-13747-sonli ekspertiza xulosasiga asosan Sherobod tumanida 31 ta geografik obyekt (mahalla, koʻchani)ni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi oʻrganib chiqilib ijobiy xulosa berilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi D. Jumaqulovaning tumandagi ayrim Geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 05-19-13747-sonli ekspertiza xulosasi maʼqullansin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 05-19-13747-sonli ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi jami 31 ta geografik obyektlarini nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan, qonun hujjatlariga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda tuman boʻyicha jami 31 ta geografik obyektlarning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumanda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha mavjud 31 ta geografik obyektlarning nomlari Respublika Kadastr agentligi ekspertiza komissiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganligi inobatga olinib, ushbu 31 ta geografik obyektlarning roʻyxati xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Respublika Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (U. Xamrayev, M. Choriyev), tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
6. Tuman statistika boʻlimi (K. Boboqulov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Sherobod tuman filiali (E. Mengliyev) nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin va tuman Ichki ishlar boʻlimi (I. Yusupov) fuqarolarni doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlangan koʻchalarni inobatga olish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (D. Jumaqulova) hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari (U. Xamrayev, M. Choriyev), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Sherobod tuman boʻlimi (T. Mirzayev) masʼul etib belgilansin.
8. Belgilab qoʻyilsinki nomlangan koʻchalarga peshlavhalar tayyorlash, oʻrnatish uchun sarflanadigan mablagʻlar qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
9. Mazkur qaror “Sherobod hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Saidova) zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi SHOYMONOV YOʻLDOSH RUSTAMOVICH
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
2025-yil 10-noyabr,
VII-17-146-8-119-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.