OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-7]
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Soliq maqsadlari uchun shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumiga aʼzo mamlakatlar roʻyxati qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasidan 52-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-dekabr,
2025-26-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-noyabr,
303-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-noyabr,
31/5-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 17-noyabr
Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻi J. XATAMOV
2025-yil 14-noyabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025 y., 10/25/2467-7/1137-son)