XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Urganch shahridagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi 05-19-9846-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi taqdim etilgan.
Shuningdek “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 26-maydagi 01/19-4-09/5133-sonli yigʻilish bayonnomasi va Urganch shahar hokimligining 2025-yil, 29-oktabrdagi 630-sonli yozishmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi 05-19-9846-sonli geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi 05-19-9846-sonli xulosasiga asosan qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan Urganch shahardagi 243 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha va berk koʻcha)larning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining oʻrinbosari A.Isakov, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi boshligʻi (S.Yakubov)larga shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahallalarda koʻcha nomlari aks etgan peshlavhalarni bir oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
4. Shahar hokimligi, shahar IIB, hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (D.Sabirov), kadastr agentligining shahar boʻlimi boshligʻi (S.Pirov), davlat kadastrlar palatasi shahar filiali boshligʻi (B.Allayarov), shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (S.Abdullayev), shahar statistika boʻlimi boshligʻi (O.Yoʻldoshev), shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (J.Sapayev), shahar davlat xizmatlari markazi rahbari (D.Raxmonov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda oʻzgargan koʻcha nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni koʻchalar oʻzgarishi munosabati bilan mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
5. Mazkur qaror “Yangi Urganch” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari (F.Omanbayeva) tomonidan geografik obyektlarga berilgan nomlar boʻyicha tegishli hujjatlar oʻn kun muddatda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi va aholiga xizmat koʻrsatish hamda ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” (B.Allabergenov) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi IBRAGIMOV DAVRONBEK BAKIYEVICH
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2025-yil 26-noyabr,
VII-16-115-12-180-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.