QASHQADARYO VILOYATI KOʻKDALA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Koʻkdala tuman Oltin dala MFY (Yettitom shaharchasi) hududidagi IIB va Markaziy shifoxona yaqinida harakat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar bilan bogʻliq yoʻl-transport xodisalarini oldini olish maqsadida taqiqlovchi belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldag 172-sonli qarorining ijrosini taminlash maqsadida, hamda Koʻkdala tumanida avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida, shuningdek Koʻkdala tuman IIB YXXBning 2025-yil 11-oktyabrdagi 01-02/145-son bilan roʻyxatga olingan murojaati va taqdim etilgan hujjatlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonuni 16, 23-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
1. Koʻkdala tuman IIB YXXBning 2025-yil 11-oktyabrdagi 01-02/145-son bilan roʻyxatga olingan murojaati va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Koʻkdala tumanida avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun transport vositalarining toʻxtash va toʻxtab turishini taqiqlash maqsadida Oltin dala MFY (Yettitom shaharchasi) hududidagi Nurafshon-4 koʻchasining (IIB va Markaziy shifoxona oldi) oʻng tarafi 300 metr qismiga 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” va 7.2.2 axborot ishora yoʻl belgilari amaldagi tartib boʻyicha oʻrnatilsin .
3. Koʻkdala tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (K.Normuminov) va tuman obodonlashtirish boshqarmasi (A.Kuldoshov)lar Oltin dala MFY (Yettitom shaharchasi) hududidagi Nurafshon-4 koʻchasida yoʻl belgisi oʻrnatishlishini tashkil etsin hamda mazkur hududlarda avtomobillar harakati cheklanishini nazorat qilib borsin.
4. Tuman hokimining axborot xizmati kotibi (O.Xudoyberdiyev) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Oʼ.Abduraximov va tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi K.Normuminov zimmalariga yuklansin.
Tuman hokimi X. DJURAYEV
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani,
2025-yil 18-noyabr,
262-4-224-Q/25-son