07.11.2025 yildagi VII-14-139-12-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududida maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli farmoni 1-ilovasining 4-bosqichida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligining 2025-yil 20-oktabrdagi 03-5-09/10652-sonli xati hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 20-oktabrdagi Xorazm viloyati “Toza hudud” DM, “Eco klaster” MCHJ va “Xorazm gaz payvandchilar” MCHJ tomonidan jismoniy shaxslarning qattiq va maishiy chiqindilarini tashib ketish xizmatlari narx (tarif)i (QQS bilan) 6 700 soʻm (bir kishi boshiga bir oyda) hamda yuridik shaxslarning qattiq va maishiy chiqindilarini tashib ketish xizmatlari narx (tarif)i 1 m3 uchun (QQS bilan) 74 060 soʻm miqdoridan oshmagan holda belgilash yuzasidan 02-17-33-38/1055-sonli va “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan hududiy poligonlarda maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash xizmatlari narx (tarif)i QQS siz 18 000 soʻm QQS bilan birga 21 600 soʻm (bir metr kub uchun) miqdoridan oshmagan holda belgilash yuzasidan 02-17-33-38/1057-sonli xulosalariga asoslanib, viloyat hududlaridan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hududida maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimligining 2025-yil 20-oktabrdagi 03-5-09/10652-sonli xati hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 20-oktabrdagi 02-17-33-38/1055-sonli va 02-17-33-38/1057-sonli xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024 yil 26-apreldagi “Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi VI-80-57-12-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorazm viloyatining shahar (tuman)larida maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda smyot maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining oʻrinbosari S.Bekchanov belgilangan tartibda shahar (tuman)larda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari (narxlari) miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida viloyat hokimining qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish viloyat boshqarmasi (B.Sabirov), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (K.Tangriberdiyev), viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi (M.Samandarov) shahar (tuman)lar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi direktori Oʻ.Matqurbanov hamda “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri S.Raximberganovalar ushbu qarorni rasman eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi K.Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RADJABOV ALTIBAY BEGJANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-139-12-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.