OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3646-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3646, 2025-yil 7-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3646/0584-son) bilan tasdiqlangan Kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Kredit tashkilotlari kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va kredit axborotini ular qayd etilganidan keyin axborot tizimi orqali real vaqt rejimida kredit byurolariga hamda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Kredit reyestriga taqdim etishlari shart.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-noyabr,
29/1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025 y., 10/25/3646-1/1083-son)