07.11.2025 yildagi 313-12-177-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORAZM VILOYATI SHOVOT TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda), “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020 y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021 y., 03/21/681/0264-son;), “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020 y., 03/20/641/1389-son) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va rfsbga tayorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʼbatlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-126-Farmoni (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qaroriga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017 y., 09/17/965/0393-son) asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda muhtojlar deb ataladi) ish bilan taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shovot tumanida 2026-yil uchun muhtojlarni ishga joylashtirish maqsadida, ish oʻrinlarini band qiladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda 110 kishini tashkil etadigan ish oʻrni 100 foiz miqdorida, shu jumladan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 3 foiz (3 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun 92 foiz (103kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim vaota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 1foiz (1 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 1 foiz (1kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 2 foiz (3 kishi) miqdorida ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda muhtojlarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha mazkur qaror ijrosini bajarmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan davlat huquq mehnat inspektori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 50-moddasi talablariga muvofiq jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shovot tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʼlimi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan tuman hokimining 2025-yil 11-noyabrdagi 762-12-177-Q/24-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (S. Yuldoshev) tuman hokimligi bosh yuriskonsulti bilan hamkorlikda (Z. Raximov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni tuman hokimligining shovot tuman.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tuman kambagʻalikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga tushintirish ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Abdolniyazov hamda qaror ijrosini nazorat qilish Shovot tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʼlimi boshligʼi (U. Babajanov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumani hokimi M. DAVLATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313-12-177-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.