XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-avgustdagi “Samarqand viloyatini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-244-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi “Samarqand viloyatida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 526-son qarorining 2-ilovasi, 5-bandi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi viloyat boshqarmasining 2025-yil 3-oktabrdagi (H-08-8940-02/04-son), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-oktabrdagi (03/07-38/2766-son) xulosalari, “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ boshqaruv raisining 2025-yil 3-oktabrdagi (560/01-30-son) murojaatini inobatga olib, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn toʻqqizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh. Buranov), “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ boshqaruv raisi (F. Abilov)ning Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash yuzasidan takliflari maʼqullansin.
2. Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati — matbuot kotibi (M. Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F. Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Poʻlatov), viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh. Buranov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi SH. NEGMATOV
Samarqand viloyati,
2025-yil 31-oktabr,
VII-19-164-7-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.