XALQ DEPUTATLARI HAZORASP TUMANI KENGASHINING
Qarori
Hazorasp tumanida 2026-yilning hosili uchun ekin ekish maydonlarida kuzgi qishki shoʻr yuvish davrida suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” gi 5-sonli qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilganligi va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, ushbu qarorda suv xoʻjaligi tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga kuzgi-qishki shoʻr yuvish davridagi suv olish limitlarini joriy yilning 25-sentabrga qadar yetkazish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritish topshirilganligini va shunga muvofiq, Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan 2026-yilning shoʻr yuvish mavsumi uchun isteʼmolchilarning suv manbalari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlari ishlab chiqish belgilangan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar va mutaxassislar qatnashchilari oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tumanda suv resurslarini oʻz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil qilish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Hazorasptuman Kengashi qaror qiladi:
1. Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari S. Matqurbonovning 2026-yilning hosili uchun ekin ekish maydonlarni kuzgi qishki shoʻr yuvish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit)larni tasdiqlash uchun tuman Kengashining sessiyasida koʻrib chiqishda amaliy yordam soʻrab 2025-yil 29-sentyabrdagi 602-sonli yozishmasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2026-yilning hosili uchun ekin ekish maydonlarni kuzgi qishki shoʻr yuvish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) 1,2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari N. Sotiboldiyev va tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari S. Matqurbonovlarga 5 kun muddatda:
-suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
-suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
4. Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi S. Matqurbonov va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.v.b N. Sotiboldiyevlarga hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, agrar, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish hamda ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Sh. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ABDULLAYEV MAKSUDBEK XOJIYEVICH
Xorazm viloyati, Xazorasp tumani,
2025-yil 4-noyabr,
VII-23-142-12-174-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.