XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Olmaliq shahridagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 20-iyundagi yigʻilish bayoni va 05-19-10077-sonli xulosasi, 2025-yil 18-sentabrdagi Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayevning 68-sonli komissiya yigʻilish bayoni, Kadastr agentligining 2025-yil 16-sentabrdagi 03/08-10390-sonli xati va 05-19-15671-sonli ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-,24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari A.Subxonqulovning hisoboti, “E-kengash” elektron tizimi orqali 2025-yil 30-sentabrdan 15-oktabrga qadar 205730-ID raqami orqali jamoatchilik muhokamasida turganligi hamda 2025-yil 20-oktabrdagi doimiy komissiyalarining qoʻshma majlisi hulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 20-iyundagi yigʻilish bayoni va 05-19-10077-sonli xulosasi, 2025-yil 18-sentabrdagi Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayevning 68-sonli komissiya yigʻilish bayoni, Kadastr agentligining 2025-yil 16-sentabrdagi 03/08-10390-sonli xati va 05-19-15671-sonli ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan shahardagi 542 ta koʻcha nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Olmaliq shahar Davlat soliq inspeksiyasi,shahar statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, shahar ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi shahar filiali va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
ushbu qaror bilan nomlangan 542 ta koʻcha nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan fuqarolarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Olmaliq shahar filiali (R. Safaxanov) va shahar Davlat xizmatlari markazi (J. Mavlonov )ga:
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻchalar nomi oʻzgartirilishi munosabati bilan aholidan belgilangan tartibda davlat boji undirmaslik choralari koʻrilsin.
5. Shahar hokimining oʻrinbosari (E. Abdurayimov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Olmaliq shahar boʻlimi (U. Pulatov), Obodonlashtirish boshqarmasi (J. Bakirov)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar,peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish, almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha shahar komissiyasi (A. Subxonqulov)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
6. Shahar ichki ishlar boʻlimi (N. Sayidov) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obyekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
7. Mazkur qaror “Olmaliq hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari A.Subxonqulov geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mavlonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XAMDAMOV KOBIL MURATKULOVICH
Toshkent viloyati, Olmaliq sh.,
2025-yil 4-noyabr,
VII-29-92-10-147-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.