Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi QL-1186-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi QL-1186-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
1351-V-son