Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 18-fevralda qabul qilingan «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2025-yil 4-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilganligini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga koʻra kelishuv komissiyasi tuzilsin.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari Artiqov Baxtiyor Maxkamovich, Nurmatov Anvarjon Abdulxamidovich va Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan mazkur komissiya tarkibiga saylansin.
3. Mazkur Qonun muhokamasi jarayonida bildirilgan mulohazalarning tuzatishlar tarzida taʼriflab berish taklifi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga murojaat etilsin.
4. Kelishuv tartib-taomillarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakili taklif etilsin.
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
1350-V-son