31.10.2025 yildagi VII-14-110-2-32-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BUXORO TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro tumani boʻyicha 2025-2026 yillar (oktabr — mart) novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5 yanvardagi PQ-5-son qarori xamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 79-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadidi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda Buxoro tumanida umumiy sugʻoriladigan ekin yer maydonlari 20325 gektar boʻlib, ushbu ekin yer maydonlarini nosugʻorish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi tomonidan Buxoro tuman suv isteʼmolchilari uchun cheklangan suv miqdori 137,5 mln.m3 boʻlib, shundan sugʻorish ishlarini amalga oshirish uchun 132,1 mln.m3, kommunal xoʻjaligiga 4,5 mln.m3, baliqchilik xoʻjaligi 1,0 mln.m3 miqdorlari belgilab berilgan. Suv va suvdan foydalanish rejasiga asosan sugʻorish maqsadida berilgan 132,1 mln.m3 suvning 0,64 foydali ish koeffitsient asosida 84,5 mln.m3 suvning jumladan, fermer xoʻjaliklariga 68,8 mln.m3, aholi tomorqa maydonlariga 10,3 mln.m3, hamda dehqon xoʻjaliklariga 5,4 mln.m3 suv taqsimot qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydnoalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ijrosi yuzasidan Buxoro tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori R.Sariyevning hisoboti muhokama etilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori R. Sariyevning hisoboti hamda 2025-yil 02-oktabr kunidagi 33-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori R. Sariyev tomonidan tuman boʻyicha 2025-2026 yillar (oktabr-mart) novegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (R. Sariyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-2026 yillar (oktabr-mart)ning sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv miqdori amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilganligi hamda tuman Kengashiga taqdim etilgan hujjatlar haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (M. Qosimov)ga Buxoro tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-2026 yillar (oktabr — mart)ning sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv miqdorini ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Toʻqliyev) hamda ijrosini taʼminlash Buxoro tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (R. Sariyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi OCHILOV ANVARJON ZUBAYDILLOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-110-2-32-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.