31.10.2025 yildagi 291-10-142-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunining 13-moddasi (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2008-yil, 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son farmoniga asosan 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 211 -moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son farmoniga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 143 ta etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun (3.5 foiz) — 5 oʻrin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun (7.0 foiz) — 10 ta oʻrin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun (81.8 foiz) — 117 ta oʻrin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun (1.4 foiz) — 2 oʻrin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun (6.3 foiz) — 9 oʻrin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida ish oʻrinlarini 2026-yil uchun eng kam sonini belgilab qoʻyishi lozim boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga: ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2025-yil 20-dekabr kuniga qadar kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2026-yilning 10-aprelidan kechikmagan holda ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni Кambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdim etish, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha belgilangan shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2026-yil 1-aprelga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosi taʼminlanmaganda, shuningdek muhtojlarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tuman hokimining qarori bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi v.v.b M. Shorahimova — bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin; — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2019-yil 31-mayda 3163-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Nizom talablariga asosan tuman hokimining qarori bilan belgilangan rejadan ortiq toifalardan kelib chiqib, ishga qabul qilingan har bir xodim uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 barobari miqdorida 12 oy davomida mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimining 2024-yil 30-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2025-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 299-10-142-Q/24-son qarori 2025-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Miryunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi M. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Piskent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-10-142-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.