XALQ DEPUTATLARI YUQORICHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yuqori Chirchiq tumanida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki sugʻorish (novegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 5-son Qarori ijrosi yuzasidan tumanda mavjud qishloq xoʻjaligi korxonalariga (novegetatsiya) davrida kerakli miqdorda suv bilan taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda suv berish limitlari oʻrganib chiqilgan.
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv-tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish asosiy maqsad qilib olingan.
Yuqori Chirchiq tumanida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki sugʻorish (novegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi “Suv yetkazib berish xizmati” DM boshligʼi J. Turopovning hisobotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tuman Kengashi, qaror qiladi:
1.Yuqori Chirchiq tumanida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki sugʻorish (novegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tuman suv yetkazib berish xizmati DM boshligʼi J. Turopovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Yuqori Chirchiq tumanida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki nosugʻorish davri uchun umumiy ajratilgan suv olish limiti 34.5 mln.metr kub, shundan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun 32.2 mln. metr kub hajmida tasdiqlansin.
3.Yuqori Chirchiq tumanida 2025-2026 yillar kuzgi-qishki nosugʻorish davri uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilishi rejalashtirilgan suv limiti 1-ilovaga muvofiq, nosugʻorish mavsumida xududlar buyicha suv miqdorini xisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq, ekin turlari bo`yicha 3-ilovaga muvofiq, nosugʻorish mavsumida xududlar boʼyicha sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan yer maydonlarini ekin turlarining joylashuvi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2025-2026 yillar kuzgi-qishki nosugʻorish davri uchun umumiy ajratilgan suv olish limiti fermer xojaligi kesimida 5-ilovada ko`rsatib oʼtilsin
4.Yuqori Chirchiq tumani suv yetkazib berish xizmati DM boshligʼi (J. Turopov)ga:
Tumanda belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga oʻz vaqtida suv yetkazib berish choralarini koʻrish;
hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini oʻz vaqtida koʻrsatib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (R. Utamaliev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ATEMOV USKENBAY XXX
Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani,
2025-yil 4-noyabr,
VII-17-61-10-145-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.