04.11.2025 yildagi VII-13-141-3-48-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zomin tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 3-sentabrdagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari X. Sidikovning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 3-sentabrdagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 1271 ta geografik obʼekt nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zomin tumani Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan nomlangan 1271 ta geografik obʼektlar, xususan, koʻcha, tor va berk koʻchalar nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (Z. Omonqulov, E. Maxmanazarov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (S. Parmanov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A. Yusupov)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish, almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda “Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasi (X. Sidikov)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi (I. Nurmatov) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratsin, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obʼekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror Zomin tumani hokimligi “Sharq tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari X. Sidikov, geografik obʼektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obʼektlar nomlarini davlat reestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi D. Begmatova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ABDUGANIYEV ALISHER MUXAMMADIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-141-3-48-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.