XALQ DEPUTATLARI QARSHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qarshi tumani hududlari boʻyicha 2025-2026-yillar nooʻsuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv (limit)ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining 7-bandida koʻrsatilgan vazifalarni taʼminlash maqsadida “Qarshi tumani xududlari boʻyicha 2025-2026-yillar nooʻsuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv (limit)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarshi tuman Suv yеtkazib berish hizmati davlat muassasasining 2025-yil 22-sentabrdagi 02/179-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarshi tumani xududlari boʻyicha 2025-2026-yillar nooʻsuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv (limit)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarshi tuman Suv yеtkazib berish hizmati davlat muassasasining 2025-yil 22-sentabrdagi 02/179-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Qarshi tumani xududlari boʻyicha 2025-2026-yillar nooʻsuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv (limit) ilovalarga asosan tasdiqlansin.
4. Qarshi tuman Suv еtkazib berish hizmati davlat muassasasi direktoriga:
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv еtkazib berish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
aholining tomorqa yеrlarini vegetasiya davrida toʻliq suv bilan taʼminlash va suv limitlarini belgilashda suv bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olish choralarini koʻrish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ALIKULOV ZOIR XALILOVICH
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani,
2025-yil 4-noyabr,
VII-11-93-4-59-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.