XALQ DEPUTATLARI GʼUZOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Gʻuzor tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Gʻuzor tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori U.Ibragimovning Gʻuzor tumani boʻyicha 2025-yil 1- oktabrdan 2026-yil 1- aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va Oʼzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʻuzor tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori U. Ibragimovning Gʻuzor tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gʻuzor tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori U. Ibragimovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazibberish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqasuv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (H. Qaxxorov) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh. Donayev) zimmalariga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi SUYUNOV BEKZOD OLIMOVICH
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani,
2025-yil 4-noyabr,
VII-11-84-4-56-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.