XALQ DEPUTATLARI BOʻKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining Boʻka tumanida ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Boʼka tumanida 2025-2026-yillarning nosugʼorish (novegetatsiya) mavsumida sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan yer maydonlari boʻyicha ekin turlarining joylashuvi quyidagicha taqsimlangan:
Y. Hojimetov hududi maydoni 1835 ga, fermer va suv istemolchilar soni 28 ta;
Jambul hududi maydoni 1340 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 11 ta;
Doʻstlik hududi maydoni 1534 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 1 ta
Turkiston hududi maydoni 1752 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 12 ta;
Parkent hududi maydoni 1376 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 2 ta;
B. Umarov hududi maydoni 881 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 7 ta;
T. Rajabov hududi maydoni 536 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 8 ta;
Qashqadaryo hududi maydoni 830 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 16 ta
O. Yoʻldoshev hududi maydoni 1610 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 16 ta;
Xoʻjaqoʻrgʻon hududi maydoni 1732 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 17 ta;
S. Saymaqov hududi maydoni 747 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 8 ta;
M. Ulugʻbek hududi maydoni 1525 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 19 ta;
M. Oʻzbekiston hududi maydoni 2376 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 36 ta;
Rovot hududi maydoni 1410 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 20 ta;
Gʻ. Azamatov hududi maydoni 1498 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 22 ta.
Achamayli hududi maydoni 1655 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 26 ta.
A. Navoiy hududi maydoni 806 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 13 ta.
Baxmal hududi maydoni 1569 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 23 ta.
Boʻston hududi maydoni 2922 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 56 ta.
Boʻka hududi maydoni 2255 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 8 ta.
Koʻk-Orol hududi maydoni 2591 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 48 ta.
Guliston hududi maydoni 834 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 14 ta.
Jami sugʻoriladigan ekin maydoni 33 612 ga, jami fermerlar va suv isteʼmolchilar soni 433 tani tashkil etadi.
Boʻka tumani boʻyicha 2025-2026-yillarning nosugʻorish (novegetatsiya) mavsumiga talab etiladigan suv miqdori 86.3 mln m3 ni tashkil etadi. “Chirchiq Ohangaron” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boʻyicha 2025-2026 yillarning nosugʻorish (novegetatsiya) mavsumi uchun ajratilgan suv olish limiti Boʼka tumani uchun jami 51.6 mln m3, shu jumladan sugʻorishga (qishloq xoʻjaligi) 39.1 mln m3, kommunal xoʼjaliklariga 12.4 mln m3 miqdorida taqsimlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 29-sentabrdagi 82/01-279-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasining 2025-yil 16-oktabrdagi yigʻilish qarori maʼqullansin.
2. Boʻka tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N. Dusanovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Boʻka tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan 2025-2026-yillarning nosugʻorish (novegetatsiya) davrida suv manbalaridan olinadigan cheklangan suv miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Boʻka tumanida 2024-2025-yillarning nosugʻorish (novegetatsiya) mavsumida sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan yer maydonlari boʻyicha ekin turlarining joylashuvi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Boʻka tumani hududlari boʻyicha 2024-2025-yillarning nosugʻorish (novegetatsiya) mavsumida suv miqdorini hisob-kitobi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Boʻka tumanida 2025-yilning sugʻorish (novegetatsiya) mavsumida suv isteʼmolchilari kesimida suv olish limiti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Boʻka tumanida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan rejasini bajarilishituman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori N. Dusanov zimmasiga yuklatilsin.
8. Tuman hokimining qarori (farmoyish) asosida tegishli tashkilotlar hamda deputatlardan iborat ishchi guruh tuzilib, suv nasoslari mavjud obyektlarni oʻrgansin va oʻrganish natijalari boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumot taqdim etsin.
9. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Boʻka tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ. Alimov, qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha” doimiy komissiya raisi S. Amirov zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi BEGMATOV BAXTIYOR PAXRIDDINOVICH
Toshkent viloyati, Boʻka tumani,
2025-yil 4-noyabr,
VII-18-86-10-137-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.