31.10.2025 yildagi VI-18-105-7-94-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JOMBOY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining Jomboy tumanidagi ijrosini taʼminlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori bilan belgilangan ustuvor vazifalarni Jomboy tumani miqyosida amalga oshirish, suv resurslarini boshqarish boʻyicha quyi boʻgʻinlarni mustahkamlash, suvdan foydalanishning samaradorligini oshirish, ilgʻor va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali suv taʼminotining barqarorligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining oʻn sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin hamda mazkur qarorda belgilangan ustuvor vazifalarning Jomboy tumanida samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlari belgilab olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror doirasida, Jomboy tumanida olib borilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Jomboy tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi boshligʻi Mavlyanov Zoxid Umurzoqovichning hisoboti eshitilib, maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida, suv resurslari kamayganligi inobatga olib Jomboy tumanidagi klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini olib borish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jomboy tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida isteʼmolchilar kesimida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv (limiti) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jomboy tuman hokimining oʻrinbosari (S.Saidov) va Jomboy tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (Z. Mavlyanov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jomboy tumanida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, hisobga olish, taqsimlash, monitoring va samaradorlikni oshirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv yetkazib berish rejalarini suv limitlariga asoslangan holda ishlab chiqib, suv foydalanuvchilar (fermer xoʻjaliklari, shirkatlar) bilan shartnomaviy tizim joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanishda aholi va kichik xoʻjaliklar uchun limit va grafikka amal qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil yakunigacha tumandagi ekin maydonlarining kamida 30 foizida suv tejaydigan texnologiyalar (tomchilab sugʻorish, lazer tekislash)ni joriy etish rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-martga qadar sugʻorish tarmoqlarida raqamli suv oʻlchagich tizimlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda aholi, fermerlar va suv foydalanuvchilari uchun seminar, davra suhbati, treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv — milliy boylik” shiori ostida targʻibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda suv isteʼmoli boʻyicha elektron hisobotlar tayyorlansin va tuman xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosi uchun barcha tegishli tashkilotlar, hokimlik tuzilmalari, xizmat koʻrsatuvchi muassasalar, klaster va fermer xoʻjaliklari masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (N. Mamatqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengash raisi NAZAROV XURSHID ARIPOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-18-105-7-94-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.