XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING
qarori
Muzrabot tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Muzrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Boʻriyevning Muzrabot tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1 aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga asosan hamda deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Muzrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Boʻriyevning Muzrabot tumani boʻyicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Muzrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Boʻriyevga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (R.Korakulov) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi S. NURMAHMATOV
Surxondaryo viloyati, Muzrabod tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-13-122-8-115-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.