XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xonqa tumanidagi geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi Geografik obʼektlarning nomlari sohasida ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qaroriga, Xorazm viloyati hokimlig huzuridagi Geografik obyektlarga nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha ekspert komissiyasining 2025-yil 30-iyundagi 05-19-10587-sonli ekspert xulosasiga asosan xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 30-iyundagi 05-19-10587-sonli yigʻilish bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xonqa tumanidagi nom beriladigan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xonqa tumani hokimi oʻrinbosari, geografik obʼektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari (D. Abdullaev), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Roʻzmetov), Kadastrlar palatasi Xonqa tumani boʻlimi (M. Rajabov)larga bir hafta muddatda Xonqa tumani hududidagi nomlari oʻzgargan koʻchalarning nomlarini lotin yozuvida peshlavhalarga yozib hamda raqamlab, ularni belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
4. Xonqa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari (Sh. Xojaniyazov), “Xonqa hayoti” gazetasi bosh muharriri (M. Sapaeva)larga ushbu qarorni hokimlik veb-sayti va gazeta sahifasida chop etish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi A.Bekchanova zimmalariga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi U. DAVLATOV
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2025-yil 30-oktabr,
VII-23-114-12-175-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.