XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Piskent tumanida 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvaridagi quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-5-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda mavjud qishloq xoʻjaligi korxonalariga vegetatsiya davrida kerakli miqdorda suv bilan taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda suv berish limitlari oʻrganib chiqilgan.
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv-tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish asosiy maqsad qilib olingan.
Tumanda 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish, sanoat va boshqa ekinlar uchun tumanga 38,6 mln. metr kub suv limiti ajratilgan, shundan, 30,5 mln. metr kub suv limiti qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun ajratilgan va hududlar hamda suv isteʼmolchilari kesimida tasdiqlangan.
Tumanda 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (R. Xoʻjamqulov)ning axborotini eshitib, Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Tumanda 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (R. Xoʻjamqulov)ning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish davri uchun umumiy ajratilgan suv olish limitlarin 38,6 mln. metr kub, shundan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun 30,5 mln. metr kub hajmida tasdiqlansin.
3. Tumanda 2025-2026-yillar kuzgi-qishki sugʻorish davri uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilishi rejalashtirilgan suv limiti ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (R. Xoʻjamqulovga)ga: tumanda belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga oʻz vaqtida suv yetkazib berish choralarini koʻrish;
hududga berkitilgan miroblar, oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini oʻz vaqtida koʻrsatib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashning “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (B. Abralov) hamda tuman hokimining oʻrinbosari S. Tulepov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ARIPOV MUZAFFAR AKBAROVICH
Toshkent viloyati, Piskent tumani,
2025-yil 1-noyabr,
VII-18-80-10-142-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.