28.10.2025 yildagi VII-16-91-2-41-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHOFIRKON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-oktyabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-maydagi VM-24/24-35-sonli yigʻilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shofirkon tumanidagi 50 mahalla fuqarolar yigʻinining Kengash vakillari ishtirokida koʻchalar qayta xatlovdan oʻtkazilib, mavjud koʻchalar toifalarga ajratilib, Davlat kadastrlar agentligi Shofirkon tumani filialida elektron xaritalari shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning Qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish komissiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 05-05-2049-sonli ekspertiza xulosasiga asosan Shofirkon tumanidagi nomsiz koʻchalarga nom berish yuzasidan berilgan takliflarning 1692 tasi muvofiq deb topilib, qoʻshimcha ravishda xatlov natijasida aniqlangan 42 ta koʻchalar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) roʻyxati shaklantirildi. Shuningdek, tuman hokimining 2025-yil 9-sentabrdagi 01-12/1977-sonli xati asosida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 4-oktabrdagi 03/08-11180-sonli xati asosida Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert xulosalari olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli hamda 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi tomonidan, Shofirkon tumanidagi 21 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 42 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilib, belgilangan ekspertiza xulosasi tasdiqlangan ligini bildirib Shofirkon tumanida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Obloqulovaning axborotini atroflicha muhokama qilib, Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 05-05-2049-sonli ekspertiza xulosasiga xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Obloqulovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shofirkontumani geografik obyektlariga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ichki ishlar bo'limi (R.Yusupov) tuman mahallalaridagi nomlangan va qayta nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat kadastrlar palatasi Shofirkon tumani filiali (A.Saidov), tuman statistika boʻlimi (B.Azimov)larga: tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman statistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi axborot xizmati tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Obloqulova bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (N.Sadullayev) hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (Sh.Obloqulova)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZILLOYEV ALISHER ABDILLOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Shofirkon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-91-2-41-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.