XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumanda 2025-2026-yillarning kuzgi-qishki davr uchun ajratilgan cheklangan suv miqdori limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, yirik suv xoʻjalik obʼektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirilgan.
Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 02-sentyabrdagi 147-sonli buyrugʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga 2025-2026-yillarning kuzgi-qishki davr uchun ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) tasdiqlangan.
Shu bilan birga, Konimex tuman “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi Konimex kanalidan olinadigan suv olish limitini avval tasdiqlangan shartnomalar, bitimlar, bayonnomalari asosida belgilangan.
2025-yil novegetatsiya (oktyabr-mart) davrida Konimex kanali va Oʻng qirgʻoq kanali hamda zavurlarni suv sarfining dastlabki prognozi asosida tuman“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan hududlar boʻyicha suv olish limitlari ishlab chiqilgan.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror talablaridan kelib chiqib, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-yil 2-oktyabrdagi Xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etgan 81-sonli xati va ularning ilovalarini koʻrib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qarori qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 02-sentyabrdagi 147-sonli buyrugʻiga asosan tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi Konimex kanalidan olinadigan suv olish limitini avval tasdiqlangan shartnomalar, bitimlar, bayonnomalari hamda buyrugʻi bilan 2025-2026-yillarning kuzgi-qishki davr uchun ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) qayta tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
2.Tumanda 2025-yil novegetatsiya (oktyabr-mart) davrida Konimex kanali suv sarfining dastlabki prognozi asosida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan hududlar boʻyicha suv olish limitlari 1, 2, 3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman “Suv yetkazibberish xizmati” DM (A.Abdukarimov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining gʻalla va boshqa yer maydonlari kesimida belgilangan limitlarga asosan suv yetkazib berilishini nazoratga olish:
fermer xoʻjaliklari tomonidan limitlarga asosan ajratilgan suvdan unumli foydalanish hamda qarovsiz holda qoldirilishi va suvni ortiqcha isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasligi;
fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga suvlarni ortiqcha isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda yetkazilishini taʼminlash maqsadida ichki ariqlarni begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash:
shuningdek, gʻalla yer maydonlarini peshma-pesh sugʻorilishini oldini olish maqsadida fermer xoʻjaliklari rahbarlariga tushuntirishlar berib borilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (D.Ahatov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E.Janxoʼjayev) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi ROʻZIYEV RUSLAN NASIROVICH
Navoiy viloyati, Konimex tumani,
2025-yil 24-oktabr,
VII-14-119-5-70-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.