OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAMARQAND VILOYATI HOKIMINING
QARORI
Viloyat hokimining 2025-yil 22- fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 55-7-0-Q/25-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2025-yil 20-avgustdagi (217-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 20-avgustdagi (02/02-32/428-son), viloya soliq boshqarmasining 2025 yil 24 sentabrdagi (20-145627-son) xulosalari hamda viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari Sh.Buranovning 2025-yil 29-avgustdagi (488/01-30-son) bildirgisiga asoslanib, qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2025-yil 22-fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 55-7-0-Q/25-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi (M.Ixtiyarov), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DM (N.Norbekov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Buranov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Viloyat hokimi v. b. A. BOBOYEV
Samarqand viloyati,
2025-yil 8-oktabr,
341-7-0-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.