07.10.2025 yildagi 220-8-118-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI UZUN TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni va viloyat hokimining 2025-yil 25-sentabrdagi 547-8-0-Q/25-sonli qarorining ijrosini taʼminlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimining 2025-yil 25-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash haqida”gi 547-8-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda - roʻyxatga olish tadbiri) 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkazilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish tadbiri doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida roʻyxatdan oʻtishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi barcha oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalarning census.stat.uz portalida roʻyxatdan oʻtishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman hokimliklari bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va asosiy faoliyati qishloq xoʻjaligi boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarning internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishini taʼminlanishi belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari B.Xasanov, Z.Abdanov, N.Xaydarqulov, Z.Mirzayeva tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-oktabrga qadar hududiy komissiyaning chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda roʻyxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etilishini hamda roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etadigan asosiy hamda zaxira xodimlar roʻyxatini shakllantirilishini va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish uchun mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha bino yoki xonalarni ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-noyabrga qadar tumanni roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlgan holda tashkiliy rejalarni tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda roʻyxatga olish tadbirining aholi oʻrtasida keng yoritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish tadbirining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini hamda buning uchun amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimi, tuman Mudofaa boʻlimi, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Uzun tuman boʻlimi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Uzun tuman vakili, tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrdan boshlab maxsus muassasa va tashkilotlardan biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan maxsus idoralardagi ayrim toifadagi aholini roʻyxatga olishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligining matbuot kotibi Oʻ.Mingboyeva 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 15-yanvarga qadar roʻyxatga olishni oʻtkazish haqida aholini xabardor qilish, aholini Internet orqali roʻyxatdan oʻtish jarayoniga tayyorlab borish maqsadida OneID tizimiga roʻyxatdan oʻtishlari boʻyicha targʻibot-ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari N.Xaydarqulov, tuman Fermerlar kengashi va boshqa aloqador tashkilotlar bilan birgalikda 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar tumanda mavjud fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va asosiy faoliyati qishloq xoʻjaligi boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarni “hisobot.stat.uz” portalida Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatga olish tadbirini toʻgʻri tashkil etish va samarali oʻtkazishga tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman Statistika boʻlimi boshligʻi B.Mamatqulov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʻlimi boshligʻi T.Kucharov masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Xasanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi BOZOROV X. SH.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-8-118-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.