XALQ DEPUTATLARI DENOV TUMANI KENGASHINING
Qarori
Denov tumanidagi Guliston-13, Guliston, Chashmasor, Istiqlol yulduzi va Paxtakurash mahalla fuqarolar yigʻinlari nomlarini qayta nomlash hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2016-yil 18-martdagi 60/13-05-sonli qarorining 1-ilovasining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 12-avgustdagi 01-05/106-sonli yigʻilish bayoni hamda “Geografik obyektni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 2025-yil 29-avgustdagi 05-19-14804-sonli Respublika Kadastr agentligining davlat ekspertiza xulosasiga asosan tuman hokimi maslahatchisi F.Mengboyevning maʼruzasini koʻrib chiqib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari Denov tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman komissiyasining 2025-yil 12-avgustdagi 01-05/106-sonli yigʻilish bayoni hamda “Geografik obyektni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning Qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 2025-yil 29-avgustdagi 05-19-14804-sonli Respublika Kadastr agentligining davlat ekspertiza xulosasi va tuman hokimi maslahatchisi F.Mengboyevning maʼruzasi maʼqullansin.
2. Denov tumanidagi Guliston-13, Guliston, Chashmasor, Istiqlol yulduzi va Paxtakurash mahalla fuqarolar yigʻinlari nomlarini qayta nomlangan yangi nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston mahallalar Uyushmasi Denov tumani boʻlimi (I.Irkaboyev), tuman statistika boʻlimi (U.Aliqulov), tuman qurilish boʻlimi (M.Soʻfiyev), Denov tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi (I.Ismoilov) va davlat xizmatlari markazi (O.Xolmirzayev) birgalikda Guliston-13, Guliston, Chashmasor, Istiqlol yulduzi va Paxtakurash mahalla fuqarolar yigʻinining yangi nomini roʻyxatdan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman kadastrlar palatasi boʻlimi (I.Radjabov) tumandagi qayta nomlangan mahallalar nomi yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Tumandagi qayta nomlangan 5 ta mahalla fuqarolar yigʻini nomini Kengash qarori asosida Respublika Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
6. Oʻzbekiston mahallalar Uyushmasi Denov tumani boʻlimi (I.Irkaboyev) hamda nomlari oʻzgargan 5 ta mfy raislariga:
Yangi nomlangan 5 ta mahalla nomini tumandagi tashkilot va korxonalarga hamda mahalla aholisiga yetkazib, yangi nomdan foydalanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
7. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2016-yil 18-martdagi 60/13-05-sonli qarori 1-ilovasi 9-bandining 1 va 2 ustunlardagi “Xoʻjaxalqi” soʻzlari “Ziyokor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2016-yil 18-martdagi 60/13-05-sonli qarori bilan “Ziyokor” mahallasining nomi “Xoʻjaxalqi” nomiga oʻzgartirilganligi inobatga olinsin.
8. Ushbu qaror tuman hokimligi Axborot xizmati (F.Toʻrayeva) tuman hokimligining ijtimoiy saytida va “Chagʻoniyon” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Oʻ.Hidirova) zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi ABROROV ILXOM IBRAXIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Denov tumani,
2025-yil 30-sentabr,
VII-12-88-8-111-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.