19.09.2025 yildagi 450-2-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro va Kogon shaharlaridagi jamoat transporti tizimida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ–139-son “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq hamda Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari B.Axmedovning 2025-yil 2-maydagi bildirgisiga asosan Buxoro va Kogon shaharlaridagi umumiy foydalaniladigan jamoat transportida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, jamoat transportida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quydagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ–139-son “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan doirada belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshirilishi qayd etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro va Kogon shaharlaridagi jamoat transporti yoʻnalishlarida (avtobus va yoʻnalishli taksi) qatnovlarni amalga oshirish uchun yoʻlkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
а) bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) soʻm. Bunda bir yoʻlovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik toʻlov elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilganda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda – 2 000 (ikki ming) soʻm undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir yoʻlovchining bagajini tashish boʻyicha xizmat uchun – 4 000 (toʻrt ming) soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 2 000 (ikki ming) soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Elektron toʻlovlarni amalga oshirishda amaldagi kunlik va oylik tariflarga qoʻshimcha ravishda qatnovlar sonidan kelib chiqib, koʻp martali tarif rejalari 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Elektron toʻlov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transportidan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori 2-ilovaga asosan belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro viloyati transport boshqarmasi (F.Rajabov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, ikki kun muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilarni tashuvchi tegishli tashkilot va korxonalar bilan tuzilgan tanlov (tender) shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyatihokimining 2024-yil 25-iyundagi 293-2-0-Q/24-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati viloyat hokimining oʻrinbosari J.Arashov hamda transport boshqarmasi boshligʻi F.Rajabov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimi B. K. ZARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-2-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.