XALQ DEPUTATLARI GULISTON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Guliston tumanida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qarorini baʼzi bir hududlarda toʻliq ijro etilmasligi sababli, toʻy-hasham, marosim va unga doir turli oilaviy tadbirlar isrofgarchilik va dabdababozlik bilan oʻtkazilishi keng jamoatchilikni tashvishga solayotganligi, aholining taklif va murojaatlariga muvofiq, Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhining tashabbus takliflarini inobatga olib, Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Yu.Oʻtaganovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlari kabi tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining tuman boʻlimi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat tuman boʻlinmasi, oila va xotin-qizlar boʻlimi, Din ishlari qoʻmitasi Guliston tuman bosh mutaxassisi, tuman Yoshlar ishlari boʻlimi va boshqa hududiy davlat hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan birgalikda keng jamoatchilikning muvofiqlashtiruvchi “Jamoatchilik Kengashi” tarkibi tuzilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qarori Nizomi talablariga asosan, “Jamoatchilik Kengashi”ning maqsad va vazifalari quyidagi tartibda belgilansin:
- tuman hududida oʻtkaziladigan toʻylar, maʼraka va marosimlar, oilaviy unga doir boshqa tadbirlarga jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida, oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
- keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, mazkur tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
- mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etish;
- mazkur tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etish;
- xotin-qizlarga mazkur tadbirlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;
- turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, mazkur tadbirlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligʻida oʻtkazish, Soat 23:00 dan keyin toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilmaslik;
- toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashishi;
- qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkinligi;
- nikohni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kelin-kuyovning toʻyxonaga kelishi va ketishi bilan bogʻliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan koʻp boʻlgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik (toʻy egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno);
- dafn etish va motam marosimlari koʻpi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin (osh berish marosimi bundan mustasno).
5. Jamoatchilik Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar har chorakda keng muhokama qilib borilsin va bu haqida jamoatchilikka xabardor qilinsin.
6. Tuman Bosh imom-xatibi va jamoa masjid imom xatiblariga:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʼruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan oʻqilishi;
- toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, xotiraga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazish va tadbirlarni dabdabali oʻtkazish oʻrniga mablagʻni kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
- imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholini eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash, shukronalik tuygʻusini shakllantirish kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
7. Tuman hokimligi axborot xizmati (S.Erkinov), “Guliston hayoti” gazetasi tahririyati (B.Narjigitova) bilan birgalikda:
- ushbu qaror eʼlon qilinishi va toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar va boshqa tadbirlarni tartibga solish masalalarini keng yoritish va targʻibot ishlarini olib borish;
- ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash;
- toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish va taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosarlari (A.Yunusxanov, X.Chelibayev M.Xudoyberdiyeva) va Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi Oʻ.Ermatov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi SHERANOV RAVSHAN TURSUNOVICH
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 15-sentabr,
VII-15-151-9-124-K/25-son