Xalq deputatlari Romiton tumani Kengashining
Qarori
Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-026-2-40-K/24 -son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasi Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Romitan tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 27-09514-sonli xatining inobatga olib, Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasi Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Romitan tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 13-avgustdagi 27-09514-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Azizon MFY hududi uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarga belgilangan 1.30 yer soligʻi stavkasi 1.05 kayfisenga qilib oʻzgartirilsin;
- Azizon MFY hududi uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarga 1 gektar uchun 39 501 000 soʻm qilib belgilansin.
3. Mazkur qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi SALOMOV FUZULI JAMOLOVICH
Buxoro viloyati, Romitan tumani,
2025-yil 9-sentabr,
VII-14-117-2-40-K/25-son