XALQ DEPUTATLARI ANDIJON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Andijon tuman mahalliy byudjetning 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tuman hokimligining tuman mahalliy byudjetining Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari qismi 446 mln 551 ming (toʻrt yuz qirq olti million besh yuz ellik bir ming) soʻm miqdorida shaklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2025-yil 2-chorak yakuni boʻyicha Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan 446 mln 551 ming (toʻrt yuz qirq olti million besh yuz ellik bir ming) soʻm miqdoridagi mablagʻlar davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bоʻyicha hududiy jamgʻаrmаsiga yoʻnaltirilsin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi I.Mukimjonov:
- tuman gʻaznachilik boʻlinmasiga ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha shartnomalarni oʻz vaqtida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mutasaddi tashkilotlar ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror bajarilishini ijrosi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I.Muqimjonov, bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi YULDASHEV BOBIRBEK BAXODIROVICH
Andijon viloyati, Andijon tumani,
2025-yil 9-sentabr,
VII-8-84-1-16-K/25-son