BUXORO VILOYATI PESHKU TUMANI HOKIMINING
QARORI
Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 3-sentabrdagi “Buxoro viloyati mahalliy budjetining 2025-yil daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 427-2-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida
Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 3-sentabrdagi “Buxoro viloyati mahalliy budjetining 2025-yil daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 427-2-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28-, 143- va 148-moddalari va Peshku tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 4-sentabrdagi 02-32/235-son xatiga asoslanib qaror qilaman:
1. Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 3-sentabrdagi “Buxoro viloyati mahalliy byudjetining 2025-yil daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 427-2-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Peshku tumani mahalliy budjetining 2025 yil ijrosi jarayonida:
umumiy hajmi oʻzgarmagan holda tuman mahalliy budjetining ayrim soliq turlari kesimida daromadlar prognoz rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlar 1-ilovaga muvofiq;
hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga tuman budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari hamda mahalliy budjet xarajatlari rejasiga nisbatan 10 foizdan kam miqdordagi tegishli oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Ergashev)ga:
mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni davriy hisobotlarda va mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalarini aniqlashda hisobga olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2025-yil 7-oktabrda 3558-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan yoʻriqnoma talablariga asosan kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-bildirishnomalarni tegishli hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari va budjet tashkilotlariga dasturiy majmua orqali yuborilishini taʼminlash topshirilsin.
4. Ushbu qaror xalq deputatlari Peshku tumani kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Peshku tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi O.Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi H. H. DAVLATOV
Buxoro viloyati, Peshku tumani,
2025-yil 9-sentabr,
331-2-39-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.