XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida» gi 2012- yil 16-oktabrdagi 295- sonli qaroriga muvofiq tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Yozyovon tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha xududiy kamissiyaning 2023 yil 10 avgustdagi boʻlib oʻtgan yig'ilishida koʻrib chiqilgan masalaga asosan tumanda 2 ta ziyoratgoh, 3 ta qabriston hamda 107 ta koʻchalarni nomi Davlat ekspertizasidan qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilganligi aniqlandi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi davlat reestriga kiritilishi kerakligi maʼlum boʻldi. Ushbu masalani tuman hokimligi huzuridagi komissiya qayta koʻrib chiqishi va muhokama qilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligidan ekspertizadan oʻtkazib berishida amaliy yordam soʻralganligi taʼkidlab oʻtildi.
Shu munosabat bilan mazkur masala tuman hokimligi huzuridagi komissiya ishtirikida qayta koʻrib chiqildi va muhokama qilindi, hamda ilovaga muvofiq taqdim qilingan 2 ta ziyoratgoh, 3 ta qabriston hamda 107 ta koʻchalarni nomi komissiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli Qaroriga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman hududiy komissiyasining 2025 yil 10 avgustdagi № 01-19/50-sonli bayonida keltirilgan takliflarni inobatga olgan holda Xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Yozyovon tuman hokimi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy kamissiyaning 2025 yil 10 avguatdagi boʻlib oʻtgan № 01-19/50 sonli yigʻilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin.
2.Tumandagi 2 ta ziyoratgohlar nomi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tumandagi 3 ta qabristonlar nomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumandagi 107 ta koʻchalar nomi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi tuman filiali rahbari N.Imomatovga:
- mazkur 2 ta ziyoratgoh, 3 ta qabriston hamda 107 ta koʻchalarni nomini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reestriga roʻyhatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maslahatchisi N.Obidova masʼul etib belgilansin.
7. Mazkur qaror nazorati Agrar, suv xoʼjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi B.Yusupov hamda ijrosi tuman hokimining oʻrinbosari D.Bekmirzayevlar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi DJALILOV DILSHOD TURSUNMURODOVICH
Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani,
2025-yil 5-sentabr,
VII-12-70-11-165-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.