SURXONDARYO VILOYATI UZUN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 1-noyabrdagi 731-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 1-noyabrdagi 731-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 1-noyabrdagi 731-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
quyidagilarni nazarda tutuvchi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrsidagi nizom;
talabgorlarga qoʻyiladigan talablar va ularning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari;
talabgorlarni tanlash boʻyicha tuman hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
talabgorlarning hujjatlarini taqdim etish va ularni rasmiylashtirish tartibi tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash boʻyicha tuman komissiyasining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Mirzayeva manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
mazkur qaror talablari asosida ishlarni tashkil etsin hamda qabul qilgan huquqiy-tusdagi hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Tuman hokimligi mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash boʻyicha tuman komissiyasining tarkibini tasdiqlasin hamda mazkur qaror talablari asosida ishlarni tashkil etsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Mirzayeva zimmasiga yuklansin
Tuman hokimi BOZOROV X. SH.
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
2025-yil 27-avgust,
189-8-118-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.