20.08.2025 yildagi 479-13-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʼiston Respublikasida jamoat transportlarida yoʻlkira tarif tizimıni takomıllashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi 419-1-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “jamoat transport tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59 sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 273-sonli qarorlari Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarni himoya qilish qoʻmitasining takliflarini inobatga olib, shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish xizmatini uzluksiz va sifatli koʻrsatishinii taʼminlash maqsadida shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish xizmati yangi tarif darajalarini belgilash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish xizmatining bir martalik tarifi kuyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- shahar ichi yoʻnalishli avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni tashish xizmati cheklangan bir martalik tarif naqd pulda yoʻl haqqi (QQS bilan) - 2600 (ikki ming olti yuz) soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- shahar ichi yoʻnalishli avtobus transportida naqd pulsiz elektron shaklda toʻlangan toʻlovlar (transport kartasi, avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi operatori ATTO, masofadan toʻlash imkoniyatiga ega bank kartalar) orqali bir nafar yoʻlovchi uchun (QQS bilan) - 2000 (ikki ming) soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarning umumiy foydalaniladigan transportda shahar yoʻnalishlarida cheklangan tarif rejalariga yurishlar sonidan kelib chiqib chegirmalar va imtiyozlar mazkur qarorning 1 ilovasiga muvofiq ATTO kartasidan foydalanuvchilar uchun mazkur qarorning 2 ilovasiga muvofiq rag'batlaniruvchi chegirmalar joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-shahar ichi, shahar atrofi, tuman markazidan boshlanuvchi shaharlararo yoʻnalishli taksi yoʻnalishida 5 km gacha bir martalik yoʻlovchilarni tashish xizmati tarif (QQS bilan) 3000 soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Transport vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirish, tashuvchilar tomonidan litsenziya kartochkalariga ega avtotransport vositalarida xizmat koʻrsatishini, bunda yoʻlovchi va yuk tashish, yongin hamda texnika xavfsizligiga rioya etilishini, shuningdek, tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻlovchilar transporti ish samaradorligini oshirish maqsadida ularda yoʻlovchilar oqimini doimiy ravishda monitoring qilib borish, tasdiqlangan harakat jadvallariga va harakatlanish oraliqlariga qatʼiy rioya qilish hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish va bartaraf qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida yoʻnalishlarga avtobuslarni jalb qilish hamda ushbu avtobuslar va yoʻnalishli taksilarning vaqt bilan harakatlanishini tashkil etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda avtobus va yoʻnalishli taksilarning belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishi va belgilangan tarifda aholiga xizmat koʻrsatishni kundalikli monitoring oʻtkazish yoʻli bilan nazorat qilish hamda aniqlangan qoida buzarliklar boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrib borish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga doimiy maʼlumot kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi korxonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, harakatdagi tartibni “onlayn” real vaqt rejimida uzoqdan nazorat qilish (GPS) va shahar yoʻlovchi tashish transportini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish tizimlari qoʻllanilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik koʻrsatkichlarini doimiy ravishda taxlil qilib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 3-oktabrdagi “Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish xizmati yangi tarifini qóllanish haqida”gi 327-13-0-Q/23-sonli qarori oʼz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasi hamda “Erkin Qaraqalpaqstan”, gazetasi muharririyatiga shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish xizmati yangi tarifi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholiga etkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirgan hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʼrinbosari T.Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479-13-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.